35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

 2026-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 16-Xonchorbog‘ saylov okrugi deputati Jabborova Dilnoz Usarovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:

🔹 Elbek mahallasidagi 119-son umumta’lim maktabi binosini ta’mirlash.

🔹 Sanchiqul mahallasidagi 11-oilaviy poliklinikaning Bobur filiali binosini ta’mirlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash.

🔹 Sanchiqul mahallasidagi Bog‘ibaland va Simurg ko‘chalarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta transformator o‘rnatish.

🤝 Mazkur takliflar ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda hudud aholisiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.