35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Murojaat e'tibordan chetda qolmaydi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi o‘zining 12-Navbahor saylov okrugida istiqomat qiluvchi Navbahor mahallasi 7-uy, 44-xonadonda yashovchi fuqaro Mametova Galina Alekseyevnaning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
Dastlab deputat mahalla ijtimoiy xodimi bilan uchrashib, murojaat mazmuni va fuqaroning ijtimoiy holatini muhokama qildi. Shundan so‘ng fuqaroning xonadoniga borilib, uning holidan xabar olindi hamda mavjud muammolari yuzasidan suhbatlashildi.
Uchrashuv davomida fuqaroga davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, mavjud ijtimoiy yordam va xizmatlar haqida batafsil ma'lumot berilib, ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘mak taklif etildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaat ijrosi nazoratga olinib, masalani qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 6