35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 👩🏻‍🤝‍👩🏼 Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan "Qorabog‘" mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

📝 Muloqot jarayonida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda amaliy choralar belgilandi.

✅ Uchrashuv yakunida xotin-qizlar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, ularning muammolarini manzilli hal etish va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4