2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi murojaatlari va hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 9-Mevali saylov okrugi deputati Aliyev Nozim tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
O‘tarchi mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy DMMT qurish.
🔹 Beklar mahallasida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1 ta suv inshooti barpo etish.
🔹 103-son umumta’lim maktabi uchun qo‘shimcha o‘quv binosi qurish orqali o‘quvchilarni zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari bilan ta’minlash.
🔹 Paxtakor mahallasi, Guliston qishlog‘ida 5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlashtirish, transport qatnovini yaxshilash va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish