35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Elektr ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l mahallasi, Bag‘dod ko‘chasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida fuqaro Turg‘unov tomonidan Bag‘dod ko‘chasidagi elektr transformator punkti (TP)ga SIP kabellarini montaj qilish masalasi ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, mazkur ishlarni bajarish hududda elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, nosozliklarning oldini olish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Murojaat mazmuni joyiga chiqqan holda o‘rganilib, masala yuzasidan shahar elektr tarmoqlari mas’ullari bilan bog‘lanildi. Natijada ushbu muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish hamda SIP kabellarini montaj qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Deputat tomonidan mazkur masala nazoratga olinib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq ishlarning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4