2026-yilning 1-yanvaridan 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili ayrim yo‘nalishlarda muammolar dolzarbligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
📈 2025-yilning mos davriga nisbatan quyidagi masalalar bo‘yicha murojaatlar soni sezilarli oshgan:
🔹 Bolalar nafaqasi masalalari – 36 foizga;
🔹 Muhtojlarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalalari – 51 foizga;
🔹 Elektr ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq murojaatlar – 278 foizga;
🔹 Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlariga oid murojaatlar – 159 foizga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar ushbu yo‘nalishlarda tizimli muammolar mavjudligini hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’sirchan choralar ko‘rishni talab etayotganini anglatadi.
📌 Shuningdek, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha tuman o‘rtacha ko‘rsatkichi 42,3 foizni tashkil etgan.