35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 17-«Do‘stlik» saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Viktorovna tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov bilan hamkorlikda «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning maxsus o‘rganish jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3