35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta Hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan “Do‘stlik” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida Mustaqillik ko‘chasi, 2-uy (ko‘p qavatli uylar oldi hududi)da joylashgan, 1969-yilda o‘rnatilgan beton elektr ustunlarining bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mazkur ustunlardan hozirda foydalanilmaydi, ayrimlari qiyshaygan va yaroqsiz holatga kelgan. Ushbu holat fuqarolar xavfsizligiga hamda ularning mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkinligi sababli tegishli choralar ko‘rish zarurati yuzaga keldi.

📄 Aniqlangan muammoni bartaraf etish, yaroqsiz beton ustunlarni o‘rganish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1