35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorligini keng joriy etish hamda kommunal xo‘jalik tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Yashil iqtisodiyot tamoyillarini hayotga tatbiq etish, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish va aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📁 Qayta tiklanuvchi energiya va kommunal xo‘jalik sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-539 | Qabul qilingan sana: 21.05.2019

🔺 Mazkur qonun quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, energiya xavfsizligini mustahkamlash hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-581 | Qabul qilingan sana: 07.11.2019

🔺 Ushbu qonun ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish, umumiy mol-mulkni saqlash, boshqaruv organlari faoliyatini tartibga solish hamda aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, kommunal xo‘jalik tizimini takomillashtirish hamda aholining qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1