🔸 Ekspert guruhi majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marotaba o‘tkazilib, zarurat tug‘ilganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham chaqirilishi mumkin.
🔸 Majlislarda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha har bir a'zo o‘z fikrini erkin bildiradi hamda qabul qilinayotgan xulosalar yuzasidan yozma taklif va mulohazalar kiritish huquqiga ega.
🔸 Shuningdek, Ekspert guruhi faoliyatida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
🔸 Bu esa ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xolis, har tomonlama va sifatli tahlil qilinishini ta'minlaydi.