35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI

DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan.

Mazkur Qonunga muvofiq deputat:
🔹 saylovchilar manfaatlarini Kengashda ifodalaydi;
🔹 hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi;
🔹 fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
🔹 davlat organlari va mansabdor shaxslarga deputat so‘rovi yuborish huquqiga ega;
🔹 saylovchilar bilan muntazam uchrashib, o‘z faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

Shuningdek, qonunda deputatning majburiyatlari, odob-axloq qoidalari, deputatlik faoliyatining kafolatlari hamda daxlsizlik huquqi aniq belgilab berilgan.

Qonun ustuvorligi, ochiqlik va xalq manfaatlariga xizmat qilish — deputat faoliyatining asosiy mezonidir.