Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
📑 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxiatosh tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🤝 Shu maqsadda Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, tizimda olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni hamda murojaatlarga berilayotgan javoblarning mazmuni va sifati tahlil qilindi.
🔍 O‘rganish davomida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, tezkorlik va natijadorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishlar sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalani puxta tayyorlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.