Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov “Pistamozor” MFYda o‘ziga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, ilgari bildirilgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgani qayd etildi. Yoshlar ish bilan ta’minlangani, ta’lim olishi uchun moddiy ko‘mak hamda hunarmandchilik faoliyatini boshlashi uchun zarur vositalar ajratilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Qolgan murojaatlar ham qisqa muddatlarda hal etilishi uchun nazoratga olindi.
Shuningdek, E.Karimov “Pistamozor” MFY mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalar va aholi murojaatlarini muhokama qildi.