Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati I. Jalilova o‘z saylov okrugidagi umumta'lim maktabida barpo etilayotgan qo‘shimcha bino qurilish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda qurilish maydonidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ul mutaxassislar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, qurilish jarayonini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Mazkur deputat faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov mas'ulligida olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati