Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR UCHUN AJRATILGAN YER MAYDONLARIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
янв.21
PAXTAKOR TUMAN PROKURATURASI TOMONIDAN JINOYATCHILIKNI JILOVLASH VA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH BORASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
Ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida deputatlar mahallalarda bo‘lib, xonadonlarda energiya samaradorligini oshirish va isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganishmoqda.

Jumladan, deputat M. Qilichov “Zangiboyi” MFYda yashovchi fuqaro Karomat To‘g‘ayeva xonadonida bo‘lib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilishi belgilangan ayrim ishlar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalar tomonidan ishlar yakuniga yetkazilmaganligi, hozirda ish jarayoni to‘xtab qolgani hamda ishlarni tashkil etish va sifat nazorati talab darajasida emasligi kuzatildi.

Slide 1 of 4