🏗️ YUNUSOBOD TUMANIDA YANGI 24/7 REJIMDA ISHLOVCHI TURIZM KO‘CHASI BARPO ETILMOQDA
Yunusobod tumanining Yangishahar ko‘chasida hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilash va poytaxtimizning turizm salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan yirik loyiha — 24/7 rejimda ishlovchi zamonaviy turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari davom etmoqda.
Ushbu loyiha doirasida:
🔹 Hududda kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etiladi;
🔹 Zamonaviy shaharsozlik standartlari asosida piyodalar va sayyohlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratiladi;
🔹 Tumanimizning sayyohlik jozibadorligi oshirilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
🏗 Ayni damda ko‘chada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur loyiha yakunlangach, Yangishahar ko‘chasi poytaxtimizning eng gavjum va zamonaviy ko‘rkam maskanlaridan biriga aylanadi.
✅ Yunusobod tumanini yanada rivojlantirish va aholimizga qulayliklar yaratish yo‘lida bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting!