Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati

⚡️ O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Dolzarb-90 kun" dastur ijrosi doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Umarxodjayeva Shaxnoza Maxsudovna va Olmazor tumani maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimining Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar sho‘ba bosh mutaxassisi Usmanova Gulchehra Xikmatullayevna hamkorligida Olmazor tumanidagi 133-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Happy Camp” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati o‘rganildi.

🔖 O‘rganish davomida oromgohda bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijodiy mashg‘ulotlarning olib borilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

☀️Xususan, mazkur oromgohda har mavsumda 80- 100 nafar bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqdalar. Bolalar uchun turli to‘garaklar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik soatlari, ijodiy tanlovlar va qiziqarli sahna ko‘rinishlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🌈“Happy Camp” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning qiziqishi va iste’dodini rivojlantirish maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garaklar yuritmoqda.
Jumladan, Ingliz tili to‘garagi chet ellik o‘qituvchi Olduz Rahimi Rad, yapon tili to‘garagi Yaponiyalik Yukiko Sensi, robototexnika, ECO-LIFE, kitobxonlik, tasviriy san’at, qo‘g‘irchoq teatri, raqs, musiqa, sport, shaxmat-shashka hamda boshqa ijodiy va intellektual to‘garaklar muntazam faoliyat olib boradi. To‘garaklar tajribali pedagoglar tomonidan belgilangan reja asosida olib borilib, har bir mashg‘ulot bolalarning qiziqishi va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi

🌿 Oromgohda ekologik tarbiya va amaliy mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, maktab hududida tashkil etilgan eko hudud, bog‘ va issiqxonada o‘quvchilar biologiya fani o‘qituvchilari rahbarligida amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Bolalar mevali daraxtlar, sabzavot va boshqa ekinlarni parvarishlash, ularni sug‘orish hamda agrotexnik tadbirlarni bajarish orqali tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mehnatsevarlik ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

🌟Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etadilar, jamoada ishlash, mustaqil fikrlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

✅ Deputatlik nazorati davomida oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar xavfsizligi, ovqatlanish sifati, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarining tashkil etilishi hamda ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar ko‘zdan kechirildi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 18