Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI — SAMARADORLIK MEZONI: "Shifokor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi

Ushbu nazorat-tahlil tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli Farmoni, Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Deputat va mutaxassis mahalla raisi bilan suhbatlashib, "mahalla yettiligi"ning bugungi kundagi ish faoliyati va quyidagi yo‘nalishlarni atroflicha tahlil qildilar:

🔹 "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mas’ullarning muammoli oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash tizimi;

🔹 Manzilli ijtimoiy yordam: Hududdagi ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan ko‘maklarning shaffofligi va samaradorligi;

🔹 Aholi murojaatlari: Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni "xonadonbay" o‘rganish va ularni qisqa muddatlarda qonuniy hal etish holati;

🔹 PF–116-sonli Farmon ijrosi: Mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha belgilangan yangi tartib-qoidalarning amaliyotga tatbiq etilishi.

"Prezidentimizning yangi Farmoni mahalla boshqaruvini tubdan yaxshilash va har bir muammoni joyida hal etish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Bizning vazifamiz — "mahalla yettiligi"ga xalq ishonchini oqlashda yaqindan ko‘maklashish va nazoratni ta’minlashdir," — dedi deputat.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "mahalla yettiligi" o‘rtasidagi axborot almashinuvini tezkorlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati izchil davom etadi.

Slide 1 of 2