Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–468-son qarori ijrosi amalda: Paxtakor tumanida qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
ZUXRO MFYDA BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan ish rejasiga muvofiq, yoshlar manfaatlarini ta'minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatini nazorat qilish yuzasidan navbatdagi nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov boshchiligida, "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov, komissiya a'zosi S.Azizov, "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov hamda "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi Z.Domilayev Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.To‘xtasinov ishtirokida "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son ijrosi doirasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-20-15-11-168-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-48-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Zuxro mahalla fuqarolar yig‘inida bolalar uchun barpo etilayotgan 3 ta bolalar maydonchasining qurilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Ma'lum bo‘lishicha, loyiha-smeta hujjatlari "Modern Project Service Group" MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish ishlari "Iftihor ta'mir servis" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.
O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, bolalar maydonchalarida liana (o‘yin elementi) o‘rnatilmagani hamda chiqindilar uchun urnalar hali yetkazib berilmagani ma'lum bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obyektlarni belgilangan talablar asosida to‘liq foydalanishga topshirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 10