Deputat yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati I. Jalilova tomonidan saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hududdagi muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolar muammolar daftariga qayd etildi. Ularni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati