#24_ta_masala
⌛Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati M.Barakayeva tomonidan Madrasa mahallasi fuqarolar yig‘ini vakillarining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
⌛O‘rganish jarayonida mahalla hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda fuqarolarning kundalik turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
⌛Shuningdek, mahalla vakillarining aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasidagi faoliyati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tegishli yo‘nalishlarda ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
⌛O‘rganish yakunida mahalla hududida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube