Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasi hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat mudiri hamda tuman Kengashi deputatlari tuman adliya boʻlimiga qarashli "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

​Ushbu oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad — hududda aholiga koʻrsatilayotgan bepul huquqiy yordam sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish hamda adliya boʻlimi va tuman Kengashi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat boʻldi.

​Muloqot davomida "Madad" muassasasi tomonidan tuman aholisiga yaratilgan sharoitlar, huquqiy maslahat olish uchun kelayotgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda huquqiy targʻibot tadbirlarini koʻpaytirish va chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etish masalalari kelishib olindi.