Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan "Buxorosuvta’minoti" AJ Jondor tumani filiali tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida loyihalar doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, obyektlarning tayyorlik darajasi hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda qurilish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔹Mazkur o‘rganishlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sifatini yanada yaxshilash, sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish hamda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.