35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI TOMORQALARIGA OQAR SUV YETKAZIB BERISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XONADONLAR OBODLIGI — MAHALLA KO‘RKI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI — MAHALLA RAVNAQI UCHUN
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET ORQALI ICHKI YO‘LLARNI TA'MIRLASH BO‘YICHA TAKLIF ILGARI SURILDI
янв.21
OBOD MAHALLA UCHUN HAMJIHATLIK MUHIM
янв.21
DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari va Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Z.Shodmonov hamda Q.Nishonov tomonidan Bog‘ishamol MFY mahalla faollari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obod mahalla – farovon hayot garovi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan Olmazor mahallasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA.YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi doimiy komissiya yig`lishida muhokama etilishi rejalashtirilgan masala, tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bo‘lib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.Suhbat jarayonida Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi M. Mirsolixov tomonidan tumandagi yo‘l-transport hodisalari holati, aniqlanayotgan qoidabuzarliklar hamda ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilar va piyodalarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.  

Slide 1 of 2