Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qaror ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev Suvnonobod mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
📌 Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi raisi Y. Mo‘minova hamda 16-Jumabozor saylov okrugiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Djabbarov Qushchi mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda 26-son umumta’lim maktabi bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida bitiruvchilarning kasb-hunarga yo‘naltirilishi, oliy va professional ta’limga qamrovi, ish bilan ta’minlanishi hamda ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🤝 Yoshlarning munosib ta’lim olishi, kasb egallashi va doimiy ish bilan ta’minlanishi — jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Bu boradagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2