Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasidagi xavfli holat o‘rganildi
янв.21
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Deputat yon daftari” — muammolarni tizimli yechimga aylantirish vositasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
Murojaat amalda yechim topmoqda


Oldin xabar berilganidek Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovichga o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi fuqarolari tomonidan ichki yo‘llarning notekis holati hamda og‘ir yuk transportlari harakati oqibatida yuzaga kelayotgan chang-to‘zon bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Bugun deputat Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda hududda bo‘lib, yo‘llarni tekislash ishlarining borishini joyida ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda jarayon deputatlik nazoratida davom ettirilishi qayd etildi.

⚡️ Fuqarolar murojaatlariga asoslangan amaliy ishlar hududdagi yashash sharoitini yaxshilash va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2