Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

📌 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida fuqarolar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida mazkur qonunning mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan muhofaza etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar hamda mas’ul tashkilotlarning vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.