Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
DAVLAT TILI – O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevralda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Jizzax viloyati hokimi raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish bayonnomasiga asosan Zomin tumani hokimi tomonidan 2026-yil 2-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tumanidagi barcha korxona, tashkilot, idora va muassasalarda o‘rganish ishlari tashkil etilayapdi.

Shu munosabat bilan hamda Zomin tumani prokurorining 2026-yil 3-iyundagi reja-topshirig‘i asosida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tuman hokimining maslahatchisi X. Sidikov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y. Safarov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Jizzax viloyati Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi katta o‘qituvchisi O. Mamirovlar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida rasmiy hujjatlar, buyruqlar, xizmat yozishmalari, shuningdek, tashqi ko‘rgazmali axborot vositalarida davlat tilining to‘g‘ri va me’yoriy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan markaz ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi VM 24/25-176-sonli bayoni ijrosi doirasida mazkur tashkilot xodimlari 

Slide 1 of 3