Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi. Tashrif davomida deputat qurilish ishlarining borishi, yo‘lakchaning belgilangan loyiha
asosida barpo etilishi, sifati hamda qurilish jarayonida qo‘llanilayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur piyodalar yo‘lakchasi mahalla aholisi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, nuroniylar va kundalik qatnovchi fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, deputat qurilish ishlarini belgilangan
muddatlarda va sifatli yakunlash, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.