Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇

O‘rganish davomida “Open Budget” loyihasi orqali g‘olib deb topilgan tashabbus asosida maktabda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’mirlash ishlarining borishi, xavfsizlik talablari hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Ushbu ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan vazifalarga muvofiq olib borilmoqda.

✅ Yunusobod tumanida ta’lim muassasalarida xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, shuningdek, “Open Budget” orqali qo‘llab-quvvatlangan loyihalar ijrosini o‘rganish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4