📍 Taraqqiyot mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Anvar Jumaniyozov hamda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova tomonidan Taraqqiyot mahallasida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari tomonidan Olchazor ko‘chasidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi kuchlanishining pastligi masalasi ko‘tarildi. Muammo joyiga chiqib o‘rganilib, 2-Mustaqillik saylov okrugi deputati Anvar Jumaniyozovning hududlardagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.
Shuningdek, muammoni bartaraf etish va elektr energiyasi kuchlanishini yaxshilash maqsadida Qo‘shko‘pir tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.
✅ Aholini qiynayotgan muammolarni yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.