Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
#162_ta_qonun 📌 “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Raximova Shaxodat Urinovnaga O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonuni biriktirildi.

Mazkur qonun pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

🔹 Qonun va unga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganiladi;
🔹 Pirotexnika buyumlarining qonuniy muomalasi yuzasidan vakolatli tashkilotlar faoliyati tahlil qilinadi;
🔹 Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy muomalaga chek qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganiladi;
🔹 Qonunchilik talablari asosida savolnomalar ishlab chiqiladi;
🔹 Doimiy komissiya bilan hamkorlikda monitoring va nazorat tadbirlari tashkil etiladi.

🎯 Asosiy maqsad — pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasining oldini olish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

✅ Kengash deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish va qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1