Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
👧 Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarga yaratilgan sharoitlar hamda ovqatlantirish tizimi — keytering xizmatining yo‘lga qo‘yilganlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida muassasada bolalarning ta’lim-tarbiyasi, dam olishi va rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Xonalar keng, yorug‘ va sanitariya talablariga mos ekani, tarbiyachilar tomonidan bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan mashg‘ulot va tadbirlar tashkil etilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, bolalar ovqatlanishi sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mavjud masalalar muhokama qilinib, sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2