Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sulaymonov Nurali tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Suvonqulov Shohhasan tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov hamda xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida “At-Termiziy” mahallasida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mahalla binosida o‘tkazilgan qabulda tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Qabul jarayonida tuman Kengashi raisi S.Nurmahmatov mahallada mavjud ayrim dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimiga aholi turmush farovonligiga daxldor bo‘lgan muammolarga alohida e’tibor qaratish to‘g‘risida murojaat qildi.

Murojaatlarni o‘rganish natijasida bir qator masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish va amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli tashkilot hamda mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Qabul davomida har bir murojaatning ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Ushbu muloqotlar yakunida aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–378-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ham targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolarga murojaat qilish huquqi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va qonunda belgilangan kafolatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Mazkur targ‘ibot ishlari xalq deputatlari tuman Kengashining 96 ta qonun mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirishga qaratilgan ish rejasi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 5