Bugun 26-noyabr kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining birinchi tashkiliy yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Doimiy komissiya raisi o‘rinbosari va kotibini saylash to‘g‘risida.
2. Boʻstonliq tumani hokimligining 2024-yil 15-noyabrdagi tuman mahalliy budjet daromadlar rejasining 2024-yil uchinchi chorak orttirib bajarilgan qismi mablagʻlari taqsimoti yuzasidan takliflar haqidagi 2572/2-12-sonli murojaatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.