Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
- Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida.
- Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.