Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sulaymonov Nurali tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Suvonqulov Shohhasan tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
👧🧸 Kelajak poydevori — sifatli maktabgacha ta’limda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z.Esirgapova hamda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan D.Saidova Uyas mahallasida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda pedagoglar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

⭐️ Farzandlarimizning bilimli, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi yo‘lida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 6