Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o'rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o'rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida senatorning targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senator, Senat a'zolari va tegishli soha vakillari ishtirokida Paxtakor tumanida o'rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining bir yuz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining bir yuz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriqdagi so‘nggi, bir yuz to‘rtinchi sessiyasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishdan oldin Kengash raisi, viloyat hokimi E.Turdimov ushbu chaqiriqda faoliyat ko‘rsatgan deputatlarga minnatdorlik bildirdi. Bir guruh faol va tashabbuskor deputatlarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.

Shundan keyin, sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar muhokama etildi:

Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Urakov Axat Adashevichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”  PQ-7-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovichning hisoboti to‘g‘risida;

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”

VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

“O‘zbektelekom” AKning mobil va simli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini Samarqand viloyatida yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 24-sentabrdagi

“Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”

VI-103-104-7-0-K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

Sessiya ishida viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Ahad O‘roqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

Ammo zarur ma’lumotlar taqdim etilmagani sababli deputatlar hisobotni qabul qilmadi. Ushbu masala Kengashning keyingi chaqiriqdagi sessiyasida qayta ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 7