Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasidagi xavfli holat o‘rganildi
янв.21
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Deputat yon daftari” — muammolarni tizimli yechimga aylantirish vositasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U. Safarov va K. Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov, K.Mamanova tomonidan “Paxtakor” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Dning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi deputatlar nazoratida...

🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati U.Sodiqov, kotibiyat mudiri A.Nazirov, bosh mutaxasiss D.Mirzayeva va Adolat SDP vakili J.Alimovlar shahardagi "Tez tibbiy yordam" bo'limida o'rganish ishlarini olib borishdi.

🔹O‘rganishda tibbiyot muassasasi faoliyati, aholiga yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹Deputatlar tomonidan tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Ta’kidlanganidek, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | 📹 Youtube | ✅ Facebook

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali

Slide 1 of 8