Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik binosida xavfsizlikni kuchaytirish uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, Ishtixon tumani hokimligi binosida maxsus “tashvish tugmasi” o‘rnatilganligi munosabati bilan qo‘riqlash xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, hokimlik binosida xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda qo‘riqlash xizmatlarining uzluksiz faoliyatini tashkil etish maqsadida tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 12 million 378 ming 700 so‘m mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala yuzasidan tegishli xulosa berilib, mazkur mablag‘ni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

📍 Mazkur masala yuzasidan yakuniy qaror Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1