Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Mudofaa ishlari bo‘limi yangi binoda

        Yurtimizda mudofaa qudratini mustahkamlash, harbiy kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada mudofaa tizimidagi obyektlar zamonaviy qiyofa kasb etib , harbiy xizmatchilar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.Ana shunday islohotlar samarasi o‘laroq Jalaquduq tumani Mudofaa ishlari bo‘limi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Homiylik asosida bunyod etilgan ushbu bino bir vaqtning o‘zida 220 nafar chaqiriluvchini qabul qilish imkoniyatiga ega.Yangi binoda mutaxassislar uchun alohida xonalar tashkil etilib, chaqiriluvchilarni sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va saralash uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ochilish marosimida Sharqiy qo‘mondonlik vakillari, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Mazkur bunyodkorlik ishlari mudofaa tizimi faoliyati
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3