Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati I.Quchqarova va kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Ko‘rkam diyor MFYda PQ-93-sonli qaror asosida ta’mirlanayotgan ko‘p qavatli uylarning holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lumki, avvalgi o‘rganishlar davomida ayrim qurilish-ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi aniqlanib, bu holat mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng deputat tashabbusi bilan mas’ul qurilish tashkiloti vakillariga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Olib borilgan ishlar natijasida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar ijobiy hal etildi. Deputat tomonidan mazkur masala doimiy nazoratda saqlanib, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4