Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani Liberal-demokratik partiyasi tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda partiyaning mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish va aholi hamda biznes subyektlarining moliyaviy himoyasini kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, sug‘urta sohasida raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, elektron xizmatlar ulushini oshirish, fuqarolar uchun qulay va ishonchli sug‘urta tizimini shakllantirishga qaratilgan qonunchilik islohotlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, soha xodimlarining taklif va tashabbuslari tinglandi. Ta’kidlanganidek, bunday tadbirlar sug‘urta sohasini yanada rivojlantirish va aholi ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2