Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Mingchinor mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova tomonidan Mingchinor mahallasida joylashgan 5-son umumta’lim maktabi binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan bazalt qoplamasi (issiqlik izolyatsiyasi) ishlari sifati o‘rganildi.
Deputat nazorati

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi uchun qulay atrof-muhit yaratishga qaratilgan quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:

— Ohangaron tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish haqidagi murojaatni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

— Ohangaron tumani darajasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

— Ohangaron tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun 2026-yilda tuman mahalliy budjetiga rejalashtirilgan mablag‘larga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

🗳 YAKDIL QAROR: Kun tartibidagi masalalar komissiya a’zolari — deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bir ovozdan ma’qullandi. 

Slide 1 of 5