Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Deputat tomonidan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova tomonidan Oybek mahallasi profilaktika inspektorining joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, mahalla jinoyatchilik bo‘yicha “yashil” toifada bo‘lib, kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida mahalla hududida 1 ta talonchilik, 1 ta bezorilik hamda 1 ta o‘g‘rilik holati qayd etilgan. Ushbu holatlarning oldini olish va takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida profilaktik choralar kuchaytirilgan.

Shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan. Hududda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tungi reydlar muntazam tashkil etilib, kuzatuv kameralari hamda avtopatrul xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Slide 1 of 2