Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish choralari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan mahallalar kesimida jinoyatchilik holati, uning sabablari va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududida joylashgan 1-son huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, davlat rahbari raisligida joriy yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir ustuvor vazifalarning hududdagi ijrosi tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur huquq-tartibot maskanida 14 nafar xodim xizmat olib bormoqda. Hudud xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, mahalladagi vaziyat doimiy nazorat ostiga olingan. Bundan tashqari, ko‘p qavatli uy-joylarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida SOS tezkor chaqiruv tizimlari joriy etilgan.

Shunga qaramay, joriy yilning dastlabki to‘rt oyi yakunlari bo‘yicha Navro‘z MFY va Yuksalish MFY hududlarida jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining ortgani qayd etildi. Shu munosabat bilan Istiqlol MFY, Mustaqillik MFY, Navbahor MFY va Yuksalish MFY profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar muhokama qilindi.

O‘rganishlar yakunida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha takliflar tinglandi. Mazkur masala Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 5