Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar bilan tuman hududida drayver loyihalar asosida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasida tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxatini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 1-Buyuk ipak yo'li saylov okrugi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasida “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
Tashabbusli budjet bo‘yicha ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasida tuman Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-9-36-3-49-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Nishonov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan tashabbusli budjet jarayonlarini tashkil etish hamda moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Shundan kelib chiqib, tumandagi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni baholash, tanlab olish va ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiya tarkibini yangilash hamda yangi tarkibiy ro‘yxatni tasdiqlash masalasi sessiyada muhokama qilindi.

Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1