Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Gulzoda Xudoyarova hamda tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan Mustaqillik hamda Tinchlik mahallalari xotin-qizlari ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan himoya mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3