Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida, eng chekka hududlarida ham ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Xususan, Marg‘ilon shahridagi “Zuhro” mahalla fuqarolar yigʻini ham bugun “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida butunlay yangicha, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Mahallada aholi uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda Yangi O‘zbekistonga xos bo‘lgan zamonaviy ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari doimiy e’tiborda. Kuni kecha Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan ushbu mahallada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar va hududning bugungi holati joyiga chiqqan holda atroflicha oʻrganildi.

​Mazkur oʻrganish jarayonlarida shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari X.Abduraxmonov, Z.Domilayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

​Deputatlar va ishchi guruh vakillari mahalladagi koʻchalar holati, aholi xonadonlaridagi sharoitlar hamda infratuzilma obektlarini koʻzdan kechirishdi. Oʻrganish davomida nafaqat erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, balki hududda yechimini kutayotgan masalalar ham tahlil qilindi.

“Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” dasturining asosiy gʻoyasi ham aynan har bir fuqaroning hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishish, har bir xonadonda madaniyatli va shinam muhit yaratishdan iboratdir.

Slide 1 of 4