Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasidagi xavfli holat o‘rganildi
янв.21
"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
“Deputat yon daftari” — muammolarni tizimli yechimga aylantirish vositasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.
Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 1-iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov boshchiligida Uchtepa tumanidagi Chamanzor va Xojiobod mahallalarida fuqarolar qabuli boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Xalq deputatlari Uchtepa va Chilonzor tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 2-iyun, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov 18-Uchuvchilar saylov okrugidagi mahallalarda 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓3-iyun, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Uchtepa tumanidagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shuningdek, Yakkasaroy va Mirobod tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

🗓 4-iyun, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Shayxontohur va Yunusobod tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobod tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 5-iyun, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shu kuni Sergeli va Yangihayot tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1